AsosiyJamiyat

Toshkentda "drift" qilgan "erkatoylar" haqida YHXB ma`lumot berdi

'Toshkentda "drift" qilgan "erkatoylar" haqida  YHXB ma`lumot berdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda «Brodveyda tunda bir nechta "erkatoylar" driftlar qilishmoqda» nomli videolar tarqalgan. Ushbu holat yuzasidan YHXB quyidagilarni ma`lum qildi.


Joriy yilning 17 aprel kuni taxminan soat 22-30 larda Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Istiqlol ko`chasida bir nechta avtomashinalar “drift” qilib, xavfli vaziyatni yuzaga keltirishgan. Natijada 1999 yilda tug`ilgan M.N. o`ziga tegishli “Neksiya-3” rusumli avtomashinasining rul boshqaruvini yo`qotib, yo`l chetidagi temir ustunga urilib to`qnashuv sodir etgan. To`qnashuv natijasida haydovchi jarohat olmagan, lekin ichki ishlar organlariga xabar bermasdan, hodisa joyidan ketib qolgan.
Holat yuzasidan fuqaro M.N.ga nisbatan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Huquqbuzarlikni sodir etgan qolgan avtomashinalarni aniqlash yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar