Avval xabar berganimizdek, Jizzax viloyatining Baxmal, Forish, G`allaorol va Sh.Rashidov tumanlarida kuzatilgan kuchli yog`ingarchiliklar oqibatida sel oqimlari yuzaga kelgan edi.
Natijada ayrim aholi yashash joylari, ijtimoiy soha obektlari, ekin maydonlari sel oqimlaridan zararlandi.
Zudlik bilan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va uning hududiy bo`limlar xodimlari voqea joyiga etib borib, yog`ingarchilik oqibatlarini bartaraf etish tadbirlari olib bormoqda. Yog`ingarchilik oqibatlarini bartaraf etish jarayonda, dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, Forish tumanida 4 nafar fuqaroni (1 nafar erkak, 3 nafar ayol) sel oqimlari oqizib ketish natijasida xalok bo`lganligi aniqlandi.






