AsosiyJamiyat

Uy-joyning “snos”ga tushganini aniqlash bo`yicha davlat xizmatlari ko`rsatiladi

'Uy-joyning “snos”ga tushganini aniqlash bo`yicha davlat xizmatlari ko`rsatiladi'ning rasmi

Qurilish sohasiga oid yagona ma`muriy qurilish reglamentlarini tasdiqlash to`g`risida” Hukumat qarori qabul qilindi

 Qarorga ko`ra, quyidagilar bo`yicha davlat xizmatlari ko`rsatishning ma`muriy reglamentlari tasdiqlandi:

▫️bino va inshootlarning tashqi ko`rinishini o`zgartirishni kelishish;

▫️bino va inshootlarning ixtisoslashishini o`zgartirish, qayta qurish, rekonstruksiya qilish hamda o`z hududida qo`shimcha bino va inshootlarni qurishni loyihalashtirishga ruxsatnoma berish;

▫️arxitektura-rejalashtirish topshirig`ini ishlab chiqish;

▫️loyiha-smeta hujjatlarini kelishish;

▫️qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun ob`ektni ro`yxatdan o`tkazish;

▫️qurilish-montaj ishlari tugallangan ob`ektdan foydalanish uchun ruxsatnoma berish;

▫️ko`chmas mulk buzilishga tushgan yoki tushmaganligi to`g`risida ma`lumotnoma berish.

 Shunga muvofiq, jumladan, bino va turar joylarning buzilishga tushganlik holati haqida ma`lumotnoma olish uchun DXM yoki YaIDXPga murojaat qilinadi.

Ma`lumotnoma olish uchun arizalar YaIDXP orqali dam olish va bayram kunlaridan qat`i nazar, 24 soat davomida yuborilishi mumkin.

 Ma`lumotnoma 3 ish kunida rasmiylashtiriladi hamda ariza beruvchining elektron maziliga yuborilib, unga bu haqida xabar beriladi.

 

    Boshqa yangiliklar