Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
"Laylatul qadrni Ramazonning oxirgi o`n kechasining toq (kecha)laridan izlanglar", deganlar.
🔸Qadr kechasining 1 soniyasi 23 soatdan afzal
🔸1 minuti 58 kundan afzal
🔸1 soati 9 yilu 8 oydan afzal
🔸1 kechasi 83 yilu 3 oydan afzal
Oisha onamiz roziyallohu anho aytadilar:
"Nabiy sollallohu alayhi vasallam (oxirgi) o`n kunlik kirib kelsa belbog`larini mahkam bog`lardilar, kechalarini tiriltirar va ahllarini uyg`otardilar".
Bu yilgi ramazon oyining oxirgi toq kechalari:
🔹21 kecha: 21 aprel (payshanba)dan — 22 aprel (juma)ga o`tar kechasi;
🔹23 kecha: 23 aprel (shanba)dan — 24 aprel (yakshanba)ga o`tar kechasi;
🔹25 kecha: 25 aprel (dushanba)dan — 26 aprel (seshanba)ga o`tar kechasi;
🔹27 kecha: 27 aprel (chorshanba)dan — 28 aprel (payshanba)ga o`tar kechasi;
🔹29 kecha: 29 aprel (juma)dan — 30 aprel (shanba)ga o`tar kechasi.
Davron NURMUHAMMAD






