O`zbekiston gidrometeorologiya xizmati markazi xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni respublika bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg`ona vodiysi viloyatlarida ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Toshkent, Sirdaryo viloyatlarida kunning ikkinchi yarimida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Havo harorati 21-26° gacha ko`tariladi.
Toshkentda kunning ikkinchi yarimida qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 23-25° bo`ladi.
Tog`li hududlarda ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 12-17° bo`ladi.






