Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining Koreyadagi vakolatxonasi rahbari mazkur kemasozlik kompleksi faoliyati bilan tanishdi. Bu haqda agentlik xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Mokpo shahri joylashgan dunyodagi eng yirik kemasozlik komplekslaridan biri hisoblangan "Hyundai Samho Heavy Industries"da yiliga o`rtacha 40 dan ziyod kema ishlab chiqarilishi yo`lga qo`yilgan bo`lib, hozirda ushbu tashkilotda 300 nafardan ortiq fuqarolarimiz vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirib kelmoqda.
Uchrashuv davomida O`zbekistondan malakali mutaxassislarni ishga jalb qilish borasida hamkorlik qilish yuzasidan fikr almashilgani aytiladi.






