"Darakchi.uz" muxbirining shu borada o`tkazilayotgan matbuot anjumanidan xabar berishicha, poytaxt aholisi hamda mehmonlar vaqtini mazmunli o`tkazish, Toshkentdagi madaniy-ko`ngilochar va musiqiy hayotini yanada jonlantirish maqsadida “Yillik kalendar” ishlab chiqilgan.
Anjumanda ta`kidlanishicha, joriy yil may-iyul oylari mobaynida “Tashkent Flower Festival 2022”, “Tashkent Opera Festival 2022”, “Tashkent Art Festival 2022”, “Tashkent Food Festival 2022”, “Tashkent Music Festival 2022”, “Tashkent Ice cream Festival 2022” kabi festivallarni o`tkazish rejalashtirilgan.
“Tashkent Flower Festival 2022” (Toshkent Gullar Festivali) 6-8 may sanalarida poytaxtimizdagi Alisher Navioy nomidagi Milliy kutubxona oldidagi maydonda o`tkazilishi kutilmoqda.
“Tashkent Opera Festival 2022” (Toshkent opera festivali) 8-29 may sanalarida poytaxtimizdagi Alisher Navioy nomidagi Milliy kutubxona oldidagi maydonda, Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatrida, “Yangi O`zbekiston” bog`ida, xalqaro va mahalliy aeroportlarda, metro bekatlarida, restoran va hiyobonlarda o`tkazilishi ma`lum qilingan.
Shuningdek, “Tashkent Art Festival 2022” (Toshkent tasviriy san`at festivali) 6-12 iyun kunlari o`tkaziladi.
“Tashkent Food Festival 2022” (Toshkent taomlar festivali) esa 17-19 iyun kunlari “Yangi O`zbekiston” bog`ida soat 9:00 dan 22:00 ga qadar o`tkazilishi rejalashtirilgan.
“Tashkent Music Festival 2022” (Toshkent musiqa festivali) 15-17 iyul kunlari Xalqlar do`stligi maydonida o`taziladi.
Festival doirasida xalqaro darajada tan olingan yulduzlar, mashxur mahalliy “DJ pleylistlar” ishtirokidagi shoular o`tkazilishi rejalashtirilgan.
“Tashkent Ice cream Festival 2022” (Toshkent muzqaymoq festivali). Mazkur festivalga tashrif buyuruvchi mehmonlarning madaniy xordiq olishlari va salqinlanishlari uchun tashqil etilmoqda.
Festival 22-24 iyul kunlari Toshkentdagi istiroxat bog`lari va xiyobonlarida o`tkaziladi.






