Markazda bir vaqtning o`zida 10 nafar, bir kunda 500 nafardan ortiq fuqaroga xizmat ko`rsatish imkoniyati paydo bo`ldi.
Ayni kunlarda zamonaviy tarzda jixozlangan keng va yorug` xonalar, kutish zallari, bolalar maydonchasi, investorlar xonasi, infolend, mo`jaz kutubxona, kassa, oshxona mijozlarning xizmatlar bilan bog`liq har qanday og`irini engil qilishi kutilmoqda. Bu haqda Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, ochilish marosimida Adliya vazirligi rahbariyati hamda viloyat hokimligi vakillari, tuman faollari hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi.
Ma`lumot o`rnida aytilishicha, tumanda ayni kunlarda 4 mingdan ortiq tadbirkorlik sub`ektlari faoliyat ko`rsatmoqda. Joriy yilning o`zida tuman davlat xizmatlari markazi orqali 20 mingdan ortiq fuqarolarga 50 dan ortiq yo`nalishlarda davlat xizmatlari ko`rsatilgani aytiladi.






