Avval xabar qilganimizdek, Preziden Shavkat Mirziyoev Qashqadaryo viloyatiga jo`nab ketdi.
Ayni paytda Ko`kdala tumanida to`qimachilik klasterida yangi tuman faollari bilan uchrashuv bo`lib o`tmoqda, deya xabar qilmoqda "Zamon" nashri.
Davlat rahbari shunday Ulug` Ramazon oyida ko`rishib turganidan mamnunligini alohida ta`kidlab, Qoraqalpog`istondan keyin ikkinchi bo`lib Qashqadaryoga tashrif buyurgani bejiz emasligi, viloyatga katta rejalar bilan kelganini ma`lum qildi.
«Zamonamiz shiddat bilan o`tyapti. Tahlikali davrda yashayapmiz. Albatta, Qashqadaryoning zabardast, tanti, mard xalqi bor. Lekin yashash sharoiti bo`yicha afsuski bu viloyat orqada.
Shunday buyuk sarkardalari, er osti boyligi bor viloyatda aholi bunday sharoitda yashashi noto`g`riku.
Xalqimizni rozi qilish uchun ko`p ter to`kishimiz kerak. Bu og`ir va mashaqqatli ish. Viloyatga katta pul bilan keldim, pul topish oson emas. Ammo bu pulni samarali, xalq uchun foydali bo`lishi uchun metin intizom va aql bilan ish yuritishimiz kerak», — dedi Shavkat Mirziyoev.






