AsosiyJamiyat

Prezident Qashqadaryoda yopilib ketgan Mehribonlik uylarining bolalarini asrab olgan oilalar bilan ko`rishdi (video)

'Prezident Qashqadaryoda yopilib ketgan Mehribonlik uylarining bolalarini asrab olgan oilalar bilan ko`rishdi (video)'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoev Ko`kdala tumanida bo`lib turibdi, deya xabar bermoqda Prezident Matbuot xizmati. 

Yangi tuman faollari bilan uchrashuvda davlatimiz rahbari Qashqadaryo viloyatida respublikada birinchilardan bo`lib Kitob tumanidagi 5-son va Qamashidagi 4-son Mehribonlik uylari yopilib, ularning tarbiyalanuvchilari oilaviy bolalar uylariga olinganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Bu borada o`rnak ko`rsatayotgan bag`rikeng qashqadaryolik oilalar, jumladan, uchrashuvda ishtirok etayotgan Xonimova va Xollievlar oilasi 10 nafar, Suyunov va Xamidovalar oilasi 8 nafar, Allanazarova va To`raevlar oilasi 5 nafar ota-onasi mehridan ayrilgan bolalarni o`z qaramog`iga olganini Prezidentimiz ma`naviy jasorat deb atab, ularga o`z nomidan va butun xalqimiz nomidan chuqur minnatdorchilik bildirdi.

    Boshqa yangiliklar