AsosiyDunyo

Britaniyaning “Rutland & Stamford Mercury” gazetasi O`zbekistonni g`ayrioddiy sayohatlar manzili deb atadi

'Britaniyaning “Rutland & Stamford Mercury” gazetasi O`zbekistonni g`ayrioddiy sayohatlar manzili deb atadi'ning rasmi

Britaniyaning jahonga mashhur “Rutland & Stamford Mercury” gazetasi sayyohlik bo`yicha maslahatchi Emma Savaj Vitteringning O`zbekistonga sayohati taassurotlari asosida yozilgan maqolasini chop etdi. Bu haqda Turizm va madaniy meros vazirligi ma`lum qildi.

Sayohatchi maqolasida O`zbekistonning qadimdan Buyuk ipak yo`li tutashuvlaridan boshlab, Xitoyni O`rta er dengizi bilan bog`laydigan qadimiy savdo yo`llarini tasvirlaydi. Ushbu yo`nalishdagi mashhur joylar – Xiva, Samarqand, Buxoro shaharlaridir.

“O`zbekiston bir necha yil avval Saymon Rivning “Stanslar bilan tanishuv” serialida namoyish etilganida, birinchi marta qiziqishimni uyg`otgan joy edi va u meni juda hayratga solgandi”, - deb yozadi sayyohlik bo`yicha maslahatchi Emma Savaj.

Emma O`zbekiston, albatta, o`z xohish-istaklari ro`yxatida ekanligini ta`kidlab, mamlakatni Buyuk Britaniya bilan solishtirdi:

“Uning gavjum bozorlari, choyxonalari, mahalliy hayot tarzi va diqqatga sazovor joylari sizni ajib hislarga cho`mdiradi. Bu mamlakat Buyuk Britaniyadan madaniyatdan tortib to landshaftgacha keskin farq qiladi”.

Ma`lumot uchun: “Rutland & Stamford Mercury” gazetasi – Britaniyaning haftalik mintaqaviy gazetasi bo`lib, u Johnston Press media-konserniga tegishli. 2017 yilning yanvar oyida Iliffe Media nashriyot guruhi tomonidan sotib olingan.

    Boshqa yangiliklar