AsosiyJamiyat

Xorijiy nufuzli universitetlar va ilmiy markazlarda bakalavriat, magistratura va doktoranturada ta`lim olish uchun tanlov e`lon qilindi

'Xorijiy nufuzli universitetlar va ilmiy markazlarda bakalavriat, magistratura va doktoranturada ta`lim olish uchun tanlov e`lon qilindi'ning rasmi

“El-yurt umidi” jamg`armasi ilg`or xorijiy davlatlar nufuzli universitetlari va ilmiy markazlarida bakalavriat, magistratura va doktoranturada ta`lim olish uchun 2022 yilgi 2-stipendiya tanlovini e`lon qildi.

“El-yurt umidi” jamg`armasi 2022-2023 o`quv yili uchun eng nufuzli xorijiy davlatlarda:

● bakalavriat ta`lim dasturi uchun 51 o`rin;

● magistratura ta`lim dasturi uchun 145 o`rin;

● doktorantura ta`lim dasturi uchun 110 o`rin stipendiyalar ajratadi.  

Nomzodlarning hujjatlari 2022 yil 15 apreldan – 15 mayga qadar, respublikaning barcha hududlari vakillari uchun yagona tartib va teng imkoniyat asosida, onlayn rejimda va elektron tarzda qabul qilinadi.  

Saralash bosqichlari 2022 yil 15 maydan – 15 iyunga qadar davom etadi. Barcha ma`lumotlar jamg`armaning www.eyuf.uz sayti orqali batafsil e`lon qilib boriladi.

 

    Boshqa yangiliklar