"O`zgidromet" xabariga ko`ra, kelayotgan kunlari asosan tog`li va yuqoridagi viloyatlarda yog`ingarchiliklar bo`lishi mumkin. Joylarda havo harorati 26 apreldan boshlab, asta-sekin ko`tarila boshlaydi. Bu kundan harorat hududlarda +30 daraja va undan yuqorilaydi.
Xususan, 24 aprel kuni O`zbekistonning ko`plab hududlarida kuchli shamollar kuchayadi. Joylarda uning tezligi 17-22 m/s ga etadi.
24 aprel kuni Toshkent, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari va tog`larda chaqmoq-momaqaldiroq xususiyatga ega yog`ingarchiliklar kutiladi. Prognoz xabarda yozilishicha, kelayotgan kunlar asosan tog`li va yuqoridagi viloyatlarda yog`ingarchiliklar bo`lishi mumkin.
Harorat 25 aprel kuniga qadar kunduz kunlari +23 +28 daraja oraliqda, tog`larda biroz pastroq bo`ladi. Joylarda 26 aprel kunidan boshlab, havo harorati asta-sekin ko`tarila boshlaydi. Bu kundan harorat maksimumlari hududlarda +30 daraja va undan yuqorilaydi.






