Bu haqda "O`zarxiv"agentligi direktori va mutsaddilari ishtirokida AOKAda o`tkazilgan matbuot anjumanidan "Darakchi" muxbiri Maftuna Jo`raeva xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, dastlab “Davlat arxivlarida raqamlashtirilayotgan hujjatlarni yagona saqlovini ta`minlash hamda ulardan foydalanish” axborot tizimi ishlab chiqildi.
"O`zarxiv” agentligi va “Axborot texnologiyalari va axborot resurslarini rivojlantirish markazi” DUK bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan mazkur tizim davlat arxivlarida joriy qilindi.
Ta`kidlanishicha, 2022 yil 14 aprel holatiga ko`ra, ushbu tizimda jami 43277 ta fond, 23799 ta ro`yxat, 17461 saqlov birligi va 180 ta hujjat yaratilgan.
E`tiborlisi, hozirda aholi foydalanishi uchun maxsus qidiruv servisi (doc.archive.uz) ishlab chiqilib, yuqorida ta`kidlangan axborot tizimi bilan integrasiya qilingan.






