AsosiySiyosat

O`zbekiston Ramazon kunlarida Kobul, Mozori-Sharif va Qunduz shaharlarida sodir etilayotgan terrorchilik harakatlarini qat`iy qoralaydi — TIV

'O`zbekiston Ramazon kunlarida Kobul, Mozori-Sharif va Qunduz shaharlarida sodir etilayotgan terrorchilik harakatlarini qat`iy qoralaydi — TIV'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Kobul, Mozori-Sharif va Qunduz shaharlarida sodir etilgan terrorchilik harakatlari yuzasidan bayonot e`lon qilindi. 

Keltirilishicha, O`zbekiston Respublikasi muqaddas Ramazon oyi kunlarida Kobul, Mozori-Sharif va Qunduz shaharlarida sodir etilgan terrorchilik harakatlarini qat`iy qoralaydi.

Tinch aholi orasida ko`plab qurbonlarga sabab bo`lgan zo`ravonlik harakatlari Afg`onistonda barqaror tinchlik va milliy totuvlik o`rnatilishiga to`sqinlik qiladi.

O`zbekiston tomoni halok bo`lganlarning oila a`zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi, shuningdek, jarohatlanganlarning tezroq sog`ayib ketishini tilaydi.

    Boshqa yangiliklar