AsosiyJamiyat

Yana sel kelishi mumkin — "O`zgidromet"

'Yana sel kelishi mumkin — "O`zgidromet"'ning rasmi

24-25 aprel kunlari O`zbekistonning tog` oldi va tog`li hududlarida sel kelishi xavfi mavjud. Bu haqda "O`zgidromet" xabar qildi.

Ma`lum qilinishicha, ertaga O`zbekistonning katta qismida quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi. Faqat Qoraqalpog`istonda, Xorazm viloyatida va cho`l hududlarda ba`zi joylarda Volga bo`yi hududlaridan nam va nisbatan salqin havo kirib kelishi hisobiga qisqa muddatli yomg`ir yog`adi.

Yakshanba kuni nam havo massasi O`zbekistonning barcha hududlarini qamrab oladi. Ko`pchilik viloyatlarda yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Farg`ona vodiysi viloyatlarida ba`zi joylarda yomg`ir kuchli bo`ladi. Havo harorati biroz pasayadi va kunduzi 20-25° dan yuqori bo`lmaydi.

Respublika bo`yicha ba`zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kuzatiladi.

25 aprel dushanba kuni ham O`zbekistonning markaziy va sharqiy hududlarida yomg`ir yog`ishi saqlanib turadi.

24-25 aprelda tog` oldi va tog`li hududlarda sel kelishi xavfi mavjud.

FVV sel xavfi bo`lganda zarur harakatlar bo`yicha tavsiyalarni e`lon qildi

Unga ko`ra:

➖ sel oqimlaridan faqat qochib qutilish mumkin. Sel xavfi to`g`risida habar eshitgandan so`ng darxol xavfsiz joyga ko`chish harakatlarini qilish kerak. Sel oqimining tez fursatda shakllanishi, uning tezligini hisobga olgan holda, xabar tarqatish va muhofaza tadbirlarini bajarish uchun vaqt juda chegaralanganligini (bir necha daqiqadan 10-20 daqiqagacha bo`lishi mumkin) doimo yodda tutish lozim;

➖ sel oqimidan xalos bo`lishning iloji bo`lmasa, balandroq tepalik ustiga, daraxtga yoki biror baland moslamalar ustiga chiqish kerak. Odatda sel 3-5 soat davom etishi mumkin;  

➖ sel oqimi o`tgandan so`ng devor va ustunlarning holatini, gaz, elektr va suv ta`minotining sozligini tekshirish zarur.

 

    Boshqa yangiliklar