Joriy yilda 1 ming 215 kilometr elektr uzatish tarmoqlari, 330 dona transformator va 3 ta yuqori kuchlanishli podstansiya quriladi. Natijada, 479 ta mahalladagi 270 ming aholi va 5 mingdan ziyod tadbirkorlarning elektr energiya ta`minoti yaxshilanadi. Bu haqda Prezident Qashqadaryo viloyati faollari bilan uchrashuvda ma`lum qildi.
Davlat rahbari Kitob, Shahrisabz tumanlari va Shahrisabz shahrining gaz ta`minotini yaxshilash uchun 1 sentyabrga qadar qo`shimcha 14 kilometr gaz tarmog`i tortib kelish bo`yicha topshiriq berdi.
Bunda, 9 mingdan ziyod aholining gaz ta`minoti qayta tiklanadi va 240 ta korxonaning gaz ta`minoti yaxshilanadi, 300 ta korxona gaz tarmog`iga ulanadi.






