1

“Hey, voh”, ya`ni Xiva haqida afsona, haqiqat va qiziq faktlar (fotosayohat)

Jamiyat 22.04.2022, 15:34
Teglar: Xiva, "Ichan qal`a" muzeyi
“Hey, voh”, ya`ni Xiva haqida afsona, haqiqat va qiziq faktlar (fotosayohat)

Afsona va haqiqat o`rtasida bir bo`shliq bor. U erning nomi – Xiva. Ayniqsa, tungi Ichanqal`ani sayr qilsangiz, ko`k gumbazlar qaytarayotgan oy nuri, imorat-u minoralar, tosh yo`llarni ko`rib, o`zingizni sharq ertaklaridagidek his qilasiz. Zamonaviy dunyodan uzilasiz. Vaqt ham bir muncha sekin o`tayotgandek tuyulaveradi. Turizm va madaniy meros vazirligi, Madaniy meros agentligi hamda Xorazm viloyati hokimligi hamkorligida tashkil etilgan press-turimiz davomida Xiva haqida yangidan o`rganganlarimizni sizlarga ham bo`lishdik.

Foto: Sardorbek Usmoniy
Foto: Sardorbek Usmoniy

Ichanqala

O`z ko`rinishini haligacha saqlab qolgan, Rimga o`xshab hamon aholisiga ega dunyodagi kam sonli tarixiy shahar. 2 500 yillik o`tmishiga ega bu shahar 26 gektar maydonga ega bo`lib, hozir 390 ta xonadonda 2500 dan ortiq aholi istiqomat qiladi.

Foto: Sardorbek Usmoniy
Foto: Sardorbek Usmoniy
Foto: Sardorbek Usmoniy

1961 yilda shahar muzey-qo`riqxonasiga aylantirilgan Ichanqal`a 1990 yili dekabr oyida Markaziy Osiyoda 1-bo`lib, 100-tarixiy shahar sifatida UNESCOning Butunjahon madaniy meros yodgorliklari ro`yxatiga kiritilgan.

Dishanqal`a

XIX asr o`rtasida esa Xivaning atrofida o`nta darvozasi bo`lgan yangi qal`a devorlari bunyod etilgan.  Shunga Ichanqal`adan kattaroq bo`lgan bu halqa Dishanqal`a, yoki «tashqi qal`a» deb nomlangan. Uning baland devorlari 6 km, balandligi 8 m va qalinligi 6 m.

Foto: Sardorbek Usmoniy
Foto: Sardorbek Usmoniy

“Hey, voh”…

Rivoyat qilinishicha, Nuh alayhissalom davrida dunyoni suv bosib qaytganidan so`ng, payg`ambar o`z o`g`li Somga sayohatda davom etishini aytadi. Payg`ambarzoda yo`l yurib, bir cho`lga kelib qoladi. Chanqoqdan madori qurigan karvon shu qumlikda to`xtaydi. Suv qidirib, erni kovlaganda darrov suv chiqadi. Undan chanqog`ini qondirgan Som beixtiyor “hey, voh” deb yuboradi. Keyinchalik shu qumlikda bir qal`a bunyod ettiradi. Shu-shu “hey, voh” so`zi “xiva”ga o`zgarib ketadi, deyishadi.

Gujum

Xivani aylansangiz, sersoya va ekzotik jihatdan shaharga ko`rk qo`shib turgan gujum daraxtiga ko`zingiz tushadi. Soyasi ostida esa harorat birmuncha pasayganini sezasiz. Shu erliklarning aytishicha, gujum daraxti Xivadagi issiq va quruq iqlimga juda mos. Sho`r suvdan ham ichaveradigan daraxt tangacha barglari orqali bug`lanadi. Shu sababli 50 daraja issiqda uning soyasidagi harorat 35 darajagacha tushishi mumkin ekan. Xivaliklar uni cho`girma bosh kiyimi shaklidagi daraxt ham deyishar ekan.

Foto: Sardorbek Usmoniy

Gandumkon saroyi

Xiva xonlari yozda dam oladigan maskan hisoblangan. Eng hashamatli ulug`vor binolarning qurilishi XVIII asr va XX asr boshlariga to`g`ri keladi. 1873 yilda Xiva rus qo`shinlari tomonidan bosib olinadi. Uzoq davom etgan janglardan so`ng Xiva yaqinidagi Gandimiyon qishlog`ida Xorazm va Rossiya imperiyasi o`rtasida tinchlik shartnomasi imzolandi. Gandumkon sayroi 2010 yilga qadar qarovsiz qolib ketgan va hunarmandlar tomonidan o`zboshimchalik bilan foydalanib kelingan. 2014-2015-yillar davomida saroyda restavrasiya ishlari olib borildi. Bugungi kunda ham Gandumkon saroyi o`zining qadimiy salobatini saqlab kelayotgan inshoot sifatida e`tirof etiladi.

Foto: Sardorbek Usmoniy
Foto: Sardorbek Usmoniy
Foto: Sardorbek Usmoniy

Qibla Toza bog`

Biz uchun yangilik bo`lgan bu manzil Muhammad Rahimxon (Feruz) tomonidan 1897 yilda qurdirilgan. Saroy uchta katta kompleksdan iborat: birinchi hovli xon va saroy ahli xizmatkorlar uchun, ikkinchi hovlida xon va uning oila a`zolari yashaydigan bir necha ayvon, uchinchi hovli-ovro`pacha uslubda qurilgan ayvon va xonalardan iborat. Saroy o`rtasida hovuz, gulzor, quyuq soyali gujum daraxtlari ekilgan bog`dan iborat. Katta hududni egallagan Qibla Toza bog` saroy hovlisi ayni paytda Xivaning turistik marshrutida yo`q. Nega degan savolni esa ochiq qoldirib, Madaniy meros agentligidan asosli javob kutamiz. Hozircha esa saroy go`zalligidan bahra oling.

Foto: Sardorbek Usmoniy
Foto: Sardorbek Usmoniy
Foto: Sardorbek Usmoniy
Foto: Sardorbek Usmoniy
Foto: Sardorbek Usmoniy
Foto: Sardorbek Usmoniy
Foto: Sardorbek Usmoniy
Foto: Sardorbek Usmoniy
Foto: Sardorbek Usmoniy
Foto: Sardorbek Usmoniy
Foto: Sardorbek Usmoniy
Foto: Sardorbek Usmoniy
Foto: Sardorbek Usmoniy
Foto: Sardorbek Usmoniy
Foto: Sardorbek Usmoniy
Foto: Sardorbek Usmoniy
Foto: Sardorbek Usmoniy

Sardorbek Usmoniy

Sharhlar

Xivada “Markaziy Osiyo dunyo sivilizasiyalari chorrahasida” Xalqaro madaniyat forumi o`tkaziladi

07.09.2021, 15:47

4-15 sentyabr kunlari Xivada “Markaziy Osiyo dunyo sivilizasiyalari chorrahasida” Xalqaro madaniyat forumi o`tkaziladi. Bu haqda AOKAda o`tkazilayotgan matbuot anjumanida Madaniyat vazirligi mutasaddilari ma`lum qildi.Qayd etilishicha,...
Xivaning "Ichan qal`a" muzeyidan qadimiy quduq topildi

20.04.2021, 15:48

Xiva shahrining «Ichan qal`a» muzeyidan 19 aprel, dushanba kuni qadimiy quduq topildi. Bu haqda Fanlar akademiyasi axborot xizmati xabar berdi.Ma`lum qilinishicha, 19 aprel kuni Xiva...
Xorvatiyada “Xivadan olingan taassurotlar” nomli ko`rgazma namoyish etilmoqda (foto)

14.04.2021, 18:12

Xorvatiyaning Rieka shahrida “Xivadan olingan taassurotlar” nomli ko`rgazma namoyish etilmoqda.Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti (TURKSOY) tomonidan Xiva 2020 yilda turk madaniyati poytaxti deb qilingan edi. Biroq...
Xivadan qarzdorning qidiruvdagi “COBALT”i topildi

06.03.2021, 16:10

Fuqarolik ishlari bo`yicha Urganch tumanlararo sudining 28.10.202019 yildagi ijro hujjatiga asosan, qarzdor M.Bdan undiruvchi ma`suliyati cheklangan jamiyat foydasiga qarzdorlik undirishi belgilangan. Bu haqda MIB "Darakchi"ga...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1