Yo`lovchilarga yanada ko`proq qulaylik yaratish hamda transport xizmatlari ko`rsatish ko`lamini oshirish maqsadida 2022 yil 5,19,26 may kunlari “Toshkent-Andijon-Toshkent” yo`nalishida harkatlanyotgan 60/59-sonli yo`lovchi poezdlarining qo`shimcha qatnovlari amalga oshiriladi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ ma`lum qildi.
Ushbu poezdlar o`zining amaldagi jadvali asosida harakatlanadi.
Qo`shimcha ma`lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo`l kassalari hamda ma`lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.






