Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson Rossiya bilan Ukraina o`rtasidagi ziddiyatni “oldindan aytib bo`lmaydigan holat” deb atadi. Uning fikricha, bu urush 2023 yil oxirigacha davom etishi mumkin. Bu haqda Zamon.uz xabar bermoqda.
Jonsonning qo`chimcha qilishicha, Vladimir Putinning “katta armiyasi” bor. Biroq Rossiyadagi siyosiy vaziyat juda og`ir. Chunki Kreml rahbari Ukrainaga hujum qilib, halokatli xatoga yo`l qo`ygan.
Hozirda Buyuk Britaniya Ukrainaga og`irroq qurollar yuborishni rejalashtirmoqda. Bosh vazir boshqa davlatlarni ham ukrainaliklarni qo`llab-quvvatlashga chaqirgan.






