AsosiyDunyo

81 mamlakatga ocharchilik xavf solmoqda — Zelenskiy

'81 mamlakatga ocharchilik xavf solmoqda — Zelenskiy'ning rasmi

Rossiya Qora va Azov dengizlaridagi Ukraina portlarini to`sib qo`ydi, bu esa Ukraina eksportini, xususan, qishloq xo`jaligi mahsulotlarini sezilarli darajada kamaytirdi. Bu, o`z navbatida, dunyoning ko`plab mamlakatlarida oziq-ovqat narxlarining oshishiga olib keldi. Bu haqda Jahon banki bilan suhbatda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ma`lum qildi. Bu haqda Zamon.uz xabar bermoqda

Uning ta`kidlashicha, oziq-ovqat narxining oshishi dunyoning 81 davlatida seziladi va bu 47 millionga yaqin odamni ochlik yoqasiga olib keladi.

"Ukraina bug`doyi, makkajo`xori, o`simlik yog`i va boshqa mahsulotlarsiz bu nafaqat Afrika va Osiyoning ko`plab mamlakatlarida oziq-ovqat tanqisligi, balki siyosiy beqarorlik va, ehtimol, yangi migrasiya inqirozi bilan tugaydi", — deydi Zelenskiy.

Shu bilan birga, u mamlakat rasmiylari eksportni yo`lga qo`yish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solayotganini ta`kidladi.

"Biz imkon qadar bu yil ekish kampaniyasini boshladik. Ammo dunyoda hech kim bu urush davom etar ekan, oziq-ovqat xavfsizligi kafolatlanishiga ishonch hosil qila olmaydi", — dedi u.

U urushni to`xtatish va Ukraina hududini rus bosqinchilaridan ozod qilish “oziq-ovqat inqirozi tarqalishini to`xtatishning yagona ishonchli yo`li” ekanini ta`kidladi.

    Boshqa yangiliklar