Chet elliklar uchun 2016 yilda Gonkong eng qimmat shaharlardan biriga aylandi, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri.
O`tgan uch yil mobaynida ro`yxatda Angolaning Luanda shahri etakchilik qilgan edi. Mahalliy valyutaning kursi tushganligi bois, o`rnini Gonkongga bo`shatib, ikkinchi o`ringa tushdi. Uchinchi va to`rtinchi o`rinlarni Syurix va Singapur shaharlari egallagan bo`lsa, beshinchi o`rinni Yaponiyaning poytaxti Tokio egalladi. Bu top o`ntalikka Kongo, Shanxay, Jeneva, Njamena va Pekin shaharlari ham kiritilgan.
Moskva 67 o`rinni, Sankt-Peterburg esa ikki yildan beri 152-o`rinni egallab kelmoqda.
2016 yilning eng arzon shaharlari ro`yxatiga esa Namibiya poytaxti Vindxuk, Keyptaun (JAR) va Bishkek kiritilgan.
Analitiklarning ma`lumot berishicha, hech qanday qulayligi bo`lmagan ikki xonali kvartirada yashash uchun Luandada 6,7 ming dollar, Londonda 4,6 ming dollar, Sidneyda esa 2,6 ming dollar zarur bo`ladi.
Gonkongning “Bir zumda” ovqatlanish shahobchasida tushlik qilish 4,83 dollarni, Londonda 6,43 dollarni, Nyu-Yorkda 7,82 dollarni, Moskvada esa 3,03 dollarni tashkil etadi.