AsosiyJamiyat

Bugun nam havo massasi O`zbekistonning barcha hududlarini qamrab oladi

'Bugun nam havo massasi O`zbekistonning barcha hududlarini qamrab oladi'ning rasmi

"O`zgidromet" xabariga ko`ra, bugun, 24 aprel kuni nam havo massasi O`zbekistonning barcha hududlarini qamrab oladi. Mamlakatning turli hududlarida yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo va Farg`ona viloyatlarining ba`zi joylarida yomg`ir kuchli bo`ladi. Havo Harorati biroz pasayadi va kunduzi +20...+25 darajadan yuqori bo`lmaydi.
Respublikaning ba`zi joylarida shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kuzatiladi.
25 aprel dushanba kuni O`zbekistonning markaziy va sharqiy hududlarida yomg`ir yog`ishi saqlanib turadi. 24-25 aprelda tog` oldi va tog`li hududlarda sel kelishi xavfi mavjud.

 

    Boshqa yangiliklar