Internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlarda Roziyaxon ismli qizchaning “Jon O`zbekiston” qo`shig`ini jonli ijroda kuylayotgani tasvirlangan videolavha tarqaldi, deb xabar bermoqda “Uz24.uz”.
Ma`lumotlarga ko`ra, video Marg`ilon shahrida Madaniyat va sport ishlari vazirligi tashabbusi bilan “Kim edigu kim bo`ldik, ertaga qanday yuksak marralarni egallashimiz kerak?” shiori ostida o`tkazilgan tadbirdan yozib olingan. Unda O`zbekiston va Qoraqalpog`iston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov, xonandalar Adham Soliev, Malika Egamberdieva, Sayyorai Jahon va boshqa san`atkorlar ishtirok etgan.
Tadbirda yosh qizcha mehmon san`atkorlar qarshisida Ozodbek Nazarbekovning “Jon O`zbekiston” qo`shig`ini jonli musiqa ostida jonli ijroda kuylagani aks etgan. Ozodbek Nazarbekov esa Roziyaxonga jo`r bo`lib, uning iqtidorini olqishlagan.





