Ijtimoiy tarmoqlarda “Samarqandda Ichki ishlar boshqarmasiga tegishli mashinada yosh bolalarni “gruzovoy”ga ortganday ortishibdi” sarlavhasi ostida video tarqaldi. Bu haqda viloyat IIV xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, 23 aprel kuni Samarqand viloyati IIB JXX Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasiga qarashli Voyaga etmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam ko`rsatish markazi xodimi o`ziga biriktirilgan “Damas” rusumli 30 053 VSF davlat raqam belgili transport vositasi bilan 3 nafar voyaga etmaganlarni tibbiy ko`rikdan o`tkazib, markazga olib qaytayotgan bo`lgan. Tasvirlardagi holatda voyaga etmagan A.A. mashinaning pastga tushirilgan orqa o`rindig`ida yotib ketganligi aks etgan. Qolgan ikki nafar bola mashinaning o`rta qatoridagi o`rindiqda o`tirib ketgan.
Mashinadagi voyaga etmaganlarni nazoratsiz qoldirgan xodimga nisbatan viloyat IIB mas`ul xodimlari tomonidan xizmat tekshiruvi tayinlanib, yakuni bo`yicha qat`iy chora ko`rilishi belgilandi.






