AsosiyJamiyat

Bugun O`zbekistonning katta qismida yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat...

'Bugun O`zbekistonning katta qismida yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat...'ning rasmi

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni O`zbekistonning katta qismida yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg`ona vodiysi viloyatlarida kun davomida qisqa muddatli yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Respublikaning tog`oldi va tog`li hududlarida sel-toshqin hodisalari kuzatilishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 23-28° bo`ladi.

Poytaxtimizda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 23-25° bo`ladi.

Tog` oldi va tog`li hududlarda yomg`ir yog`adi, ba`zi joylarda kuchli bo`ladi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 13-18° bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar