AsosiyJamiyat

Samarqandda tez yordam bo`limi mudiri 500 AQSh dollari bilan qo`lga tushdi

'Samarqandda tez yordam bo`limi mudiri 500 AQSh dollari bilan qo`lga tushdi'ning rasmi

Nurobod tumanida fuqaroni ishga kiritib qo`yishni va`da bergan tez yordam bo`limi mudiri ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar bermoqda. 

Departament hamda DXXning Nurobod tumani bo`limlari tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, tuman tibbiyot birlashmasining tez yordam bo`limi mudiri Ya.B. fuqaro F.dan uni tuman tibbiyot birlashmasiga tanishlari yordamida patronaj hamshirasi vazifasiga 0,75 shtat birligida ishga qabul qilish evaziga 500 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar