“Birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini aholiga yaqinlashtirish va tibbiy xizmatlar samaradorligini oshirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Prezident qarori (PQ–215-son, 25.04.2022 y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.
Qarorga ko`ra:
- hududlarda 2023 yil 1 yanvardan joylardagi oilaviy poliklinika filiallari negizida oilaviy shifokor punktlari tashkil etiladi;
- oilaviy shifokor punktlari, oilaviy poliklinika va tuman (shahar) ko`p tarmoqli markaziy poliklinikalarida kunduzgi stasionar ish vaqti soat 20:00 gacha uzaytiriladi hamda ularda ishlovchi tibbiyot xodimlari uchun 2022 yil 1 iyundan qo`shimcha ustama haqi belgilanadi;
- 2022 yil 1 maydan birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalaridan olis masofada joylashgan mahallalarda mahalla tibbiyot punktlari tashkil etiladi (2022 yilda jami 1002 ta);
- aholining profilaktik tibbiy ko`riklari, skrining dasturlar va patronaj xizmati faqat Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan tartibga muvofiq va belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi, boshqa tashkilotlarning ushbu jarayonga aralashuviga yo`l qo`yilmaydi.