Prezident qaroriga asosan, 2022 yil 1 noyabrga qadar davlat tomonidan aholiga ko`rsatiladigan bepul tibbiy xizmatlar va dori vositalari hajmi to`g`risidagi ma`lumotlarni taqdim etish imkonini beruvchi mobil ilova ishga tushiriladi.
2022 yil yakuniga qadar Andijon, Buxoro va Xorazm tibbiyot oliy ta`lim muassasalari klinikalarining neyroxirurgiya bo`limlari negizida yuridik maqomga ega bo`lmagan hududlararo neyroxirurgik markazlar tashkil qilinadi.
O`z mahallasida sog`lom turmush tarzini targ`ib qilgan, shaxsiy namuna ko`rsatgan tibbiyot xodimlari va jamoatchilik vakillari uchun “Xalq salomatligi posboni” ko`krak nishoni ta`sis etiladi.
Bundan tashqari, 2022 yil 1 iyundan boshlab qon bilan bevosita ishlayotgan davlat tibbiyot muassasalari xodimlarini gepatit “V” kasalligiga qarshi bepul emlash amaliyoti joriy etiladi.
Shuningdek, har yili 1 000 nafargacha imtiyozga ega bo`lmagan, uzoq yillar davomida davlat tibbiyot muassasalarida mehnat qilayotgan bemor tibbiyot xodimlarida Davlat tibbiy sug`urtasi jamg`armasi mablag`lari hisobidan yuqori texnologik operasiyalar o`tkaziladi.






