AsosiyJamiyat

Buxorodagi ko`p qavatli uylarning birda yong`in chiqdi

'Buxorodagi ko`p qavatli uylarning birda yong`in chiqdi'ning rasmi

 

Bugun, 25 aprel kuni soat 08:53 da Buxoro viloyati Buxoro shahar “Varaxsha” MFY Alpomish ko`chasida joylashgan ko`p qavatli uylarning birda yong`in sodir bo`layotganligi to`g`risida viloyat FVBga xabar kelib tushgan.

Shunga ko`ra 2 ta yong`in-qutqaruv ekipaji zudlik bilan voqea joyiga etib borgan va yong`in soat 09:08 batamom o`chirilgan.

Hodisa natijasida yashash uyining 18 m.kv maydonda tom osti qurilmalari va qisman ichki jihozlari yongan. Sodir bo`lgan yong`indan uy egasi M.G qutqaruvchilar tomonidan qutqarib qolindi.

Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo`lganlar yo`q.

    Boshqa yangiliklar