AsosiyJamiyat

Jurnalistlar uchun “Zakovat” turniri tashkil etilmoqda

'Jurnalistlar uchun “Zakovat” turniri tashkil etilmoqda'ning rasmi

3 may — Jahon matbuoti erkinligi kuni hamda 27 iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuniga bag`ishlab, Mass-media fondi hamda “Zakovat” intellektual klubi tomonidan “Zakovat” turniri tashkil etilmoqda. Bu haqda  Jurnalistlar ijodiy uyushmasi raisi Olimjon O`sarov o`zining telegram kanalida ma`lum qildi.

Turnirda O`zbekiston Respublikasida rasman faoliyat ko`rsatayotgan barcha ommaviy axborot vositalari jamoasi, shuningdek blogerlardan tarkib topgan erkin jamoalar ishtirok etishi belgilangan.

Eng e`tiborlisi, turnirning sovrin jamg`armasi 200 million so`m!

 

1-o`rin — 100 million so`m;

2-o`rin — 60 million so`m;

3-o`rin — 30 million so`m;

4-o`rin — 10 million so`m

bilan mukofotlanadi.

 Har bir OAV nomidan 1 ta jamoa ishtirok etishi mumkin va tarkibga kiritilgan ishtirokchilar ushbu OAVda rasmiy mehnat shartnomasi bilan ishlayotgan xodim bo`lishi shart (blogerlar uchun bunday talab yo`q).

Eslatib o`tamiz, jamoalar tarkibi 6 nafar asosiy va 1 nafar zaxira ishtirokchidan iborat bo`ladi (zaxira ishtirokchi majburiy emas). Jamoalar tarkibida “Zakovat” klubining professional bilimdonlari bo`lishiga ruxsat berilmaydi.

Arizalar 2022 yilning 5 may (shu kuni ham) kuniga qadar qabul qilinadi.

"Hurmatli jurnalistlar, blogerlar, intellektual turnirida, albatta, ishtirok eting" deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar