Toshkent shahri seysmik jihatdan faol zonada joylashgan. 1866—68 yillar va 1966 yildagi zilzilalar kuchli zilzilalar sirasiga kiradi. 1866 yil 26 apreldan 27 aprelga o`tar kechasi sodir bo`lgan zilziladan roppa rosa 100 yil o`tib, 1966 yilning 26 aprel kuni mahalliy vaqt bilan soat 5:23 da O`zbekiston poytaxtida dahshatli zilzila sodir bo`lgan.
Rixter shkalasida 5.2 balni tashkil etgan zilzila markazidagi seysmik ta`sir 12 ballik seysmik intensivlik bo`yicha 8 baldan ham oshib ketgan.
Rasmiy ma`lumotlarga ko`ra, tabiiy ofat 240 yaqin ma`muriy binolarni, 1000 yaqin jamoat obetklarini, 26 korxona, 181 o`quv yurti va 245 sanoat binolarini vayron qilgan.
Er qimirlashi 300 mingdan ortiq kishini boshpanasiz qoldirgan, sakkiz kishi halok bo`lgan va 150 odam jarohat olgan.
Zilziladan zarar ko`rgan Toshkentga qo`shni respublikalardan g`amxo`rlik ko`rsatdilar. Boshpanasiz qolganlarni joylashtirish, sanoat va savdo korxonalari ishini qayta tashkil etish va boshqa tadbirlar belgilandi. Zilzila oqibatida vayron bo`lgan uy-joylar o`rnida zilzilabardosh yangi binolar qad ko`tardi. Qisqa vaqt ichida shahar qiyofasi o`zgardi. Toshkent go`zal, zamonaviy shaharga aylandi. Toshkent zilzilasini sinchiklab o`rganish natijasida bu joylarda bir qancha seysmogen zonalar aniqlangan va ularning xaritasi tuzilgan. Toshkent zilzilasi O`rta Osiyoda seysmologiya fanining rivojlanishiga sabab bo`ldi. O`zbekiston, Qozog`iston va Qirg`izistonda seysmologiya ilmiy tadqiqot intlari ochildi. O`zbekiston FA qoshidagi Seysmologiya instituto` xodimlari zilzilani oldindan aytib berish, uning sabab va oqibatlarini o`rganish bo`yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib bormoqdalar.






