AsosiyDunyo

Xitoylik yigit muhabbat uchun 45 soatda 222 kilometrga yugurdi

Xitoylik 30 yoshli yigit Pekin avtomobil yo`lida muhabbat  uchun 222 kilometrni 45 soatda yugurib, bosib o`tdi, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri.

Xitoylik yigit o`z marafonini “ U va sadoqat uchun” deb atadi. Yigit mahalliy muxbirlarga hozircha bo`ydoqligini, shu yo`l orqali muhabbatini topishga umid qilayotganligini ma`lum qilgan.

Start oldidan yigit ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida: “Ko`nglingizga yoqqan ishni bajaring, shunda orzuingizdagi odamni uchratasiz”, degan yozuvni qoldirgan. Yugurish davomida umumiy hisobda uch soatgina dam olgan. Ba`zi bir sportchilar yigitni qo`llab-quvvatlayotganlarini namoyish etish uchun u bilan birga yugurishgan. 

Yigit marafonga qadar, chidamliligini oshirish maqsadida baland toqqa chiqish bo`yicha uyushtirilgan poxodlarda ham qatnashgan. U o`z marafoni bilan bunday yo`nalishda yugurgan birinchi odam kabi rekord o`rnata olmagan bo`lsa-da, bundan ko`ngli cho`kmagan. Chunki marafonni kim bilandir raqobatlashish uchun emas, o`zi uchun o`tkazganligini bildirgan

    Boshqa yangiliklar