AsosiyJamiyat

Qo`ng`ir ayiq bolasi bilan bog`liq holat yuzasidan to`plangan hujjatlar Ichki ishlar organiga o`tkazildi

'Qo`ng`ir ayiq bolasi bilan bog`liq holat yuzasidan to`plangan hujjatlar Ichki ishlar organiga o`tkazildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Dehqonobod tumanidagi qo`ng`ir ayiq bolasi o`ldirilgani haqida xabarlar tarqaldi. 

Davlat ekologiya qo`mitasi inspektorlari va tuman IIB xodimlari tomonidan o`tkazilgan o`rganish jarayonida holat, Dehqonobod Davlat o`rmon xo`jaligining Qizilsoy o`rmon bo`limida 5 aprel kuni sodir etilganligi aniqlandi. "Oqqishloq" MFY hududida yashovchi K. Sh.ning yashash xonadonidan ayiq bolasini tanasidan ajratib olingan terisi borligi aniqlandi.  U ayiq bolasini o`lik holda topganligini iddao qilmoqda.

Qo`mitaning ma`lum qilishicha, yuqoridagi holat bilan O`zbekiston Respublikasining “Ekologik nazorat to`g`risida”gi, “Tabiatni muhofaza qilish to`g`risida”gi, “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to`g`risida”gi hamda “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to`g`risida”gi Qonunlar talablari qo`pol ravishda buzilib, O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 202-moddasida nazarda tutilgan jinoyat alomatlari borligi sababli, to`plangan hujjatlar Dehqonobod tuman Ichki ishlar bo`limiga o`tkazildi.

 

    Boshqa yangiliklar