Mazkur dastur yaratuvchisi rossiyalik dasturchi Aleksey Moiseenkov nashrlardan biriga bergan intervyusida o`zining dasturidan Medvedevdan boshqa hamma foydalanayotganini aytib o`tgan edi.
iOS tizimi uchun mo`ljallangan Rossiyada ishlab chiqilgan Prisma dasturi AppStore`da 11 iyun kuni paydo bo`ldi. 10 kun ichida bu dasturni million nafardan ortiq foydalanuvchilar yuklab oldi.

Mazkur dastur bir necha kun ichida internetda shu qadar ommalashdiki, oqibatda ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari Instagram`da Prisma dasturida qayta ishlangan bir xil suratlar ko`payib ketganidan shikoyat qilishdi.





