AsosiyJamiyat

Ramazon hayiti bayrami munosabati bilan o`zbekistonliklar uchun ichki sayohatga katta chegirmalar e`lon qilindi

'Ramazon hayiti bayrami munosabati bilan o`zbekistonliklar uchun ichki sayohatga katta chegirmalar e`lon qilindi'ning rasmi

Prezident Farmoni ijrosi yuzasidan Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan Ramazon hayiti bayrami munosabati bilan 5 kunlik: 30 aprel va 1-2-3-4 may kunlari aholining dam olish kunlarini maroqli tashkil etish hamda ichki turizmga jalb etish maqsadida tegishli vazirlik va idoralar tomonidan e`lon qilingan respublika bo`ylab chegirmalar to`g`risida ma`lumotlar jamlandi. Jumladan:

1. “Uzbekistan Airways” AJ tomonidan bayram munosabati bilan 2022 yil 2 maydan 4 maygacha amalga oshiriladigan mahalliy aviaqatnovlarning barcha tariflariga 50% chegirma joriy qilindi.

2. “O`zbekiston temir yo`llari” AJ tomonidan Ramazon Hayiti bayrami arafasida yo`lovchilarga yanada ko`proq qulaylik yaratish maqsadida, joriy yilning 3-4-5 may kunlari, Samarqand – Toshkent – Samarqand yo`nalishida 767/768-sonli yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” poezdining qo`shimcha qatnovi yo`lga qo`yiladi.

3. “Vaqf” xayriya jamoat fondi tasarrufidagi pullik kirish chiptalari joriy qilingan madaniy meros obektlari (ziyoratgoh va qadamjolar)da joriy yilning 30 aprel va  1-2-3-4 may sanalarida yurtimiz fuqarolari uchun kirish chiptalar narxiga kattalar uchun 20 foiz hamda yoshlar uchun 50 foiz chegirmalar joriy qilindi.

Shu bilan birga, respublika bo`ylab joylashgan muzeylar, mehmonxonalar, ovqatlanish shoxobchalari tomonidan ixtiyoriy chegirmalar taqdim etilmoqda.

    Boshqa yangiliklar