Ayni kunlarda aktyor va xonanda Alisher Uzoqov “Uzreport TV” telekanalida sharhlovchi sifatida mehnat faoliyatini olib boryotganidan futbol muxlislarining xabari bor.
Negadir muxlislar Alisher Uzoqovga tanqidiy fikrlarni yog`dirishmoqda, deb yozadi “Sabo” nashri. Ular qoldirgan izohlarda aktyorning haddan ziyod ehtirosga berilib, gol bo`lgan vaziyatlarda baqirib yuborayotganligini ta`kidlab o`tishgan.
Muxlislar Alisher Uzoqovdan pastroq ovozda gapirib, baqir-chaqir qilmasa, undan yaxshi sport sharhlovchisi chiqishini bildirishgan.





