21 iyun kuni 33 yoshli Mayl Tedford ismli yigit avtomobilida ikki katta farzandini bog`chaga tashlab kelgach, uyga qaytib kelib, uyquga ketgan. Bir necha soat uxlab turgandan keyin avtomashinaning orqa o`rinidig`ida olti oylik qizchasini qoldirgani yodiga tushgan. Bu paytda tashqarida havo Selsiy bo`yicha 32 darajani tashkil qilgan.
Texas shtatining Dallas shahrida yashovchi yigit avtomobilda qizib ketgan olti oylik qizchasini muzlatkichga sovutishga qo`yib, uning o`limiga sabab bo`lganligi tufayli qotillikda ayblandi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.
Yigit hushidan ketgan qizchani o`ziga keltirishga harakat qilgan va uni sovitish uchun ma`lum vaqtga muzlatkich ichiga solib qo`ygan. Birozdan keyin bolani muzlatkichdan olgan ota uning nafas olmayotganini ko`rib, sun`iy nafas berishga harakat qilgan, ammo bu narsa bolaga yordam bermagan. Shundan keyin u rafiqasiga va shoshilinch tez yordam xizmatiga qo`ng`iroq qilgan.
Voqea joyiga etib kelgan polisiya xodimlari vaqtincha ishsiz bo`lgan o`qituvchi Tedfordni qamoqqa olgan.