AsosiyJamiyat

"Oltin qalam" tanlovidagi ovoz berish jarayonlariga nisbatan bo`layotgan e`tirozlarga raddiya berildi

'"Oltin qalam" tanlovidagi ovoz berish jarayonlariga nisbatan bo`layotgan e`tirozlarga raddiya berildi'ning rasmi

Avval xabar berganimizdek, ertaga, 4 may kuni "Oltin Qalam" milliy mukofoti taqdirlash marosimi bo`lib o`tadi.

Ushbu yilda o`tgan yildagi takliflarni inobatga olib,  ijodiy ishlar Jurnalistlar.uz saytida jamoatchilik tomonidan ham baholandi.

Sal avaal "Qalampir.uz" tanlov uchun ovoz berish jaryonlarida "moxinasiya" kuzatilayotganini aytib, e`tiroz bildirdi.  

"E`tibor bersangiz sayt test rejimida ishlamoqda. Shunga qaramay uyushma ovozlar inobatga olinishini aytib o`tgan. Tashkilot saytdagi ovozlarni sun`iy ko`paytirish mumkinligini tekshirganmi yoki yo`q, bunisi bizga qorong`u",-deyiladi unda.

Uyushma mazkur mazkur e`tirozlarga nisbatan raddiya e`lon qildi.

Ma`lum qilinishicha, saytda ijodiy ishlar jamoatchilikka xabardorlik uchun e`lon qilingan va berilayotgan ovozlar juda muhim ahamiyat kasb etmaydi.

"Uchinchi bosqichda Jurnalistlar.uz sayti orqali keng jamoatchilik tomonidan onlayn tarzda tarzda berilgan baholarning foizga nisbatan qiymati inobatga olinadi, aslo berilgan ovozlar soni emas",-deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha,  saytda elektron hisoblagich o`rnatilgan bo`lib, ovozlar sonini hisoblashda “inson omili” aralasholmaydi. Yakuniy natija ham avtomatik hisoblab ko`rsatiladi. Shu sababdan shaffoflik buzilishi haqida aytilayotgan fikrlar mutlaqo o`rinsiz.

"Xulosa o`rnida aytmoqchimizki, jurnalistikada tanqid bo`lishi kerak, ammo u xolis, haqqoniy va beg`araz bo`lmog`i lozim",-deyiladi uyushma raddiyasida.

    Boshqa yangiliklar