Ma`lum bo`lishicha, ona “xaridor”dan olgan pulga uy-joy qilib, oilasiga yordam bermoqchi bo`lgan. Mazkur jinoyat haqida Yangihayot tuman sudi sudyasi Zavqiddin Yarashev xabar berdi.
Unga ko`ra, ayol sudda ko`rsatma berganida bu ishni tanishining qistovi bilan qilganini aytadi.
"Bir yigit bilan yaqin munosabatda bo`lib, undan o`g`il farzand ko`rdim. Ikki farzandim bilan Toshkentda ijarada yashab kelayotgandim. Oldimga tanishim kelib, o`g`lingizni birorta odamga bering, qiynalyapsiz, 3-4 ming dollar beradi, dedi. Unga javoban o`ylab ko`rishim kerakligini bildirdim. Ertasi kuni tanishim chaqalog`ingni sotib oladigan odam kelyapti, bolangni ko`rarkan, deganida, yo`q, kerak emas, deb aytdim. Jinnilik qilma, deb gapimni bo`ldi u. Boqishga qiynalib yuribsan-ku, uy-joy qilib olasan.Tanishimning shu gapidan keyin bolamni sotishga qaror qildim",- deydi ayol suddagi ko`rsatmalarini davom ettirarkan .
Ma`lum bo`lishicha, ona “xaridor”dan olgan pulga uy-joy qilib, oilasiga yordam qilmoqchi bo`lgan.
"Xaridor ayolga “4000 AQSh dollari bersangiz, bolamni sizga beraman”,- deydi u.
"Qisqasi xaridor ayoldan kelishilgan pulni oldim. Shu payt departament xodimlari ushlashdi".
Sud ularga jazo tayinlashda ayblariga iqrorligi, qilmishlaridan chin ko`ngildan pushaymonligi, ilgari sudlanmaganligini, ularning sodir qilingan jinoyatda ishtirokchilikdagi rolini inobatga olib, jazo tayinladi.
Sakkiz oylik chaqalog`ini sotgan ona 3 yil 6 oy muddatga, xaridor topgan tanishi esa 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.