AsosiyDunyo

Moskvada mashina saloni ichida qolib ketgan bola qutqarildi

Moskvaning “Dubrovka” savdo markazi hududida ota-onasi tomondan mashina salonida qoldirib ketilgan bola hushini yo`qotdi, deb xabar qildi “Lenta.ru” nashri. 

Bolani issiqdan yonayotgan mashina salonidan poytaxt FVV xodimlari qutqargan. Bola havoning issiqligidan va kislorod etmagandan hushidan ketgan. Uni yo`ldan o`tib ketayotgan yo`lovchilar payqagan, ammo bolaning ota-onasini topishning iloji bo`lmagan. Ayni paytda polisiya ularning shaxsini aniqlamoqda. Yakshanba kuni Gidrometmarkazning xabar berishicha, Moskvada havo shu oyda ilk marotaba 30 darajaga etgan.

Boshqa yangiliklar