Sirdaryo viloyat IIB JQB hamda DXX Sirdaryo viloyat boshqarmasi tezkor vakillari hamkorlikda Sirdaryo tumani hududida tezkor tadbir o`tkazildi. Tezkor tadbir davomida jami 13.879 gramm marixuana va 1,68 gramm gashish giyohvandlik vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, M-39 avtoyo`lidan harakatlanib kelayotgan qora rangli, Lasetti rusumli avtomashina to`xtatilib, xolislar ishtirokida ko`zdan kechirilganda, old o`rindig`i tag qismida qora rangli, o`zidan o`tkir hid taratuvchi, yashil rangli, quruq holatdagi og`irligi 111 gramm bo`lgan, marixuana giyohvandlik vositasi borligi aniqlangan.
Olib borilgan tezkor surishtiruv jarayonida, fuqaro giyohvandlik vositasiga o`xshash vositalarni Sayxunobod tumanida yashovchi fuqarodan 2.000.000 million so`mga sotib olganini aytadi.
Shundan so`ng, tezkor tadbir davom ettirilib fuqaro S.Sh ning xonadoni xolislar ishtirokida kechiktirib bo`lmaydigan hollarda tekshirilganda, xonadon yotoqxonasidan gugurt qutiga solingan 4 dona jigar rangli, o`zidan o`tkir hid taratuvchi, bo`lgan, gashish giyohvandlik vositasi, sellofan paketchalarga joylashtirilgan quruq holatdagi marixuana giyohvandlik vosita, nasha giyohvandlik o`simligi urug`lari, mehmonxonasidan 3 ta sellofanss paketlarga joylashtirilgan marixuana giyohvandlik vositalar, 1 dona elektron tarozi, 1 dona tag qismi teshilgan elim idish (baklajka) xonadon ayvoni erto`lasidan 2 ta polietilen qoplarga joylashtirilgan marixuana giyohvandlik vositalar va xonadondagi daraxt bo`talari taxlangan joyda 8 tup, uzunligi 5-10 sm bo`lgan, agrotexnik ishlov berilgan, nasha giyohvandlik o`simliklari borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.
"Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda",-deyiladi xabarda.






