AsosiyJamiyat

Qishloq xo`jaligi vaziri o`rinbosari lavozimidan ozod qilindi

'Qishloq xo`jaligi vaziri o`rinbosari lavozimidan ozod qilindi'ning rasmi

Anvar Damirovich Asamov O`zbekiston Respublikasi qishloq xo`jaligi vazirining o`rinbosari lavozimidan ozod etildi. Ma`lum qilinishicha, u boshqa ishga o`tkazilgan. Anvar Damirovichning yangi lavozimi haqida hali ma`lumot yo`q.

Eslatib o`tamiz, u o`tgan yilning 10 aprel kuni Qishloq xo`jaligi vaziri o`rinbosari etib tayinlangandi.

Ma`lumot o`rnida, Anvar Asamov 1976 yilda Toshkent shahrida tug`ilgan. Toshkent davlat sharqshunoslik institutini tugallagan.  

U O`zbekiston Respublikasi Davlat Bojxona qo`mitasida bojxona statistikasi va tahlil markazi boshlig`i o`rinbosari, O`zbekiston Respublikasi  Prezidentining Ijro etuvchi apparati bosh konsultanti, O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo`mitasi raisining birinchi o`rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.  

    Boshqa yangiliklar