Argentina terma jamoasining afsonaviy futbolchilaridan biri Diego Maradona hamyurti Lionel Messining terma jamoadan ketishi haqidagi xabarga o`z munosabatini bildirdi.
“Messi mamlakat termasida qolishi qolishi kerak. U jahon chempioni bo`lishi uchun Rossiyaga boradi. Agar Messi Argentina uchun o`ynamasa, bu mamlakat uchun katta fojia bo`ladi”, – dedi Maradona.
Amerika Kubogi–2016 finalida Argentina penaltilar seriyasida Chiliga imkoniyatni boy berdi. Messi esa mamlakat termasi safida qatorasiga uchinchi finalda mag`lub bo`ldi. Shundan so`ng u termadagi faoliyatini yakunlashga qaror qildi.