Bosh prokuratura huzuridagi Departament xolat yuzasidan ma`lumot berdi.
Qayd etilishicha, Departamentning Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, Urganch shahridagi “P.B.A.” xususiy korxonasi rahbari M.Sh. va norasmiy ishchisi X.X.lar 34 nafar fuqaroning nomiga soxta elektron aviachiptalarni rasmiylashtirgan. Ular har birini 3-3,5 mln so`mdan jami 106,2 mln so`m va 200 AQSh dollariga sotib, pul mablag`larini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritgani ma`lum bo`lgan.
"Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda",-deyiladi xabarda.






