O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 4 noyabrdagi “Kurash milliy sport turini rivojlantirish va uning xalqaro nufuzini yana-da oshirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori ijrosini ta`minlash hamda 9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan joriy yil 13-14 may kunlari Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi Markaziy stadionda kurash va belbog`li kurash bo`yicha “Polvonlari ko`p yurt – qudratli bo`lur” shiori ostida kurash va belbog`li kurash bo`yicha xotira turniri bo`lib o`tadi.
Jizzax viloyati hokimligi, Jizzax viloyati prokuraturasi tashabbusi hamda O`zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi, O`zbekiston belbog`li kurash federasiyasi. O`zbekiston kurash federasiyasi va qator tashkilotlar hamkorligida o`tkaziladigan mazkur xotira turnirida kurash bo`yicha erkaklar -60, -66, -73, -81, -90, +90 kg vazn toifalarida o`zaro kuch sinashishsa, belbog`li kurash bo`yicha erkaklar -55, -60, -66, -73, -81, -90, -100, +100 kg vaznda bellashadilar. Ayollar esa kurash bo`yicha -48, -52, -57 kg vazn toifalarida gilamga chiqishadi.
Shuningdek, har ikkala sport turi bo`yicha erkaklar mutlaq vaznda ham g`oliblik uchun kurash tushadi. Kurash va belbog`li kurash bo`yicha har bir vazn toifasida 1-o`rinni qo`lga kiritgan polvonlar 5 million so`mdan, 2-o`rin sohiblari 3 million so`mdan, ikkita 3-o`rinni qo`lga kiritgan polvonlar 1,5 million so`mdan pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
Mutlaq vaznda g`olib bo`lgan kurashchilarning har biriga avtomobil, 2-o`rinni qo`lga kiritgan polvonlarga esa 30 million so`mdan hamda 3-o`rinni band etgan sportchilar esa 10 million so`mdan pul mukofotlariga ega bo`lishadi.






