AsosiyJamiyat

"Tashkent Flower fest-2022" 10 maygacha davom etadi

'"Tashkent Flower fest-2022" 10 maygacha davom etadi'ning rasmi

Joriy yilning 6-8 may kunlari, Alisher Navoiy nomidagi milliy kutubxonaning orqa maydonida qaynoq mavsumning ilk tadbiri Tashkent Flower fest-2022 bo`lib o`tishini ma`lum qilgandik. Ikki milliondan ortiq gullardan yasalgan kompozisiyalar, floristik installyasiyalar bilan bezalgan ko`rgazma maydoni mana necha kundirki mazkur hududda o`z go`zalligi bilan tashrif buyiruvchilarni xushnud etdi. 

Ayni damda Toshkent shahar hokimligining xabar berishicha, festival 10 mayga qadar davom etadi.

"Barchaga birdek ko`tarinkilik va xush kayfiyat ulashgan, poytaxt markazidagi bahor gullari va gulli instalyasiyalarning beqiyos taqdimini shaxsan ko`rish istagidagilar hali ko`pligi va ko`p sonli aholining iltimosi(taklifi)ga ko`ra Tashkent Flower fest-2022 festivali 10 mayga qadar (shu kuni ham) uzaytirildi",-deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar