AsosiySport

Og`ir atletika. Tursunoy Jabborova jahon chempionati oltin medalini qo`lga kiritdi

'Og`ir atletika. Tursunoy Jabborova jahon chempionati oltin medalini qo`lga kiritdi'ning rasmi

Gresiyada o`tkazilayotgan og`ir atletika bo`yicha yoshlar o`rtasidagi jahon chempionatining bugungi kun bahslari terma jamoamiz uchun ataldi. Qizlar o`rtasida -87 kg vazn toifasida o`tkazilgan bahslarda Tursunoy Jabborova oltin medalni qo`lga kiritdi. Bu haqda Olimpiya qo`mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda

Dast ko`tarish mashqida 109 kg natija bilan eng yaqin ta`qibchisini 9 kgga ortda qoldirgan Jabborova siltab ko`tarish mashqida 129 kg toshni ko`tarishga muvaffaq bo`ldi. Shubhasiz, ikki kurashdagi 238 kg natijaga hamyurtimizning hech bir raqibasi yaqin kela olmadi va Tursunoy mutlaq chempionlikni rasmiylashtirdi.

Og`ir atletika bo`yicha U-20 JCh

Qizlar, -87 kg

1. Tursunoy Jabborova (O`zbekiston) – 238 (109+129) kg

2. Entenza Rees (Kuba) – 226 (99+127) kg

3. Elizabet Ouens (AQSh) – 222 (99+123) kg

Eslatib o`tamiz, bugungi bahslar davomida Sharofiddin Amriddinov ham -102 kg vazn toifasida chempionlikni qo`lga kiritgan edi. Shu tariqa, bugun Irakliondagi arenada ikkinchi bor O`zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi yangramoqda.

    Boshqa yangiliklar