AsosiyShou-biznes

Adiz Rajabov filmlarda ko`rinmay qolgani sabablarini ma`lum qildi

Aktyor Adiz Rajabov “Darakchi” gazetasiga bergan intervyusida so`nggi paytlarda kinolarda kamnamo bo`lib qolgani sabablarini aytib o`tdi. 

“Filmlarda ko`rinmay qolganimning sabablari bor. Faoliyatimga nazar tashlasam, ketma-ket turli xil obrazlarda namoyon bo`libman. Ularning orasida salmoqli kartinalar bilan birga sayozlari ham borligini tan olaman. Muxlislardan ‘Hamma filmda sizni ko`ramiz. Rollaringiz bir-biriga o`xshab qolyapti’ kabi fikrlar eshitavergnaimdan keyin, qolaversa o`zim ham  biroz tanaffus qilishim kerakligini anglab etganimdan so`ng ijoddan to`xtadim”,— deydi Adiz Rajabov. 

Aktyor bilan to`liq suhbatni “Darakchi” gazetasining 30 iyunda sotuvga chiqadigan 26-sonida o`qishingiz mumkin.

    Boshqa yangiliklar