AsosiyDunyo

Turkiyada terakt: Istanbul aeroportida nimalar sodir bo`ldi

28 iyun kuni Istanbul shahridagi Otaturk nomidagi xalqaro aeroportda ikkita portlash sodir bo`ldi. 50 kishi halok bo`ldi, yaralanganlar soni 100 dan oshdi. Portlashlar ortida “Islom davlati” terrorchilik guruhi turganligi ma`lum qilinmoqda. Ayni damda ma`lum bo`lganlar haqida TASS xabar qiladi.

Portlash qanday sodir bo`ldi

  • 28 iyun kuni tunda Turkiyaning yirik aeroportida ikkita portlash sodir bo`lgani haqida ma`lumot paydo bo`ldi. Portlashdan so`ng guvohlar aeroport binosi terminalidan qochayotgan to`rt kishini payqashgan.
  • Xabar berilishicha, portlashdan so`ng aeroport turargohida otishma sodir bo`lgan. 
  • Turkiya hukumati hodisani terakt deb topdi.

Teraktni kim uyushtirdi

  • OAVlarda xabar berilishicha, terminalda ikki hudkush o`zini portlatib yuborgan. Xabarlarga ko`ra, uchinchi terrorchi ham bo`lgan, u odamlarga qarata o`q uzgan, keyin esa aeroport hududiga yashiringan.
  • Aniq ma`lumotlarga ko`ra, teraktni uch nafar hudkush terminalning turli nuqtalarida sodir etgan. Hudkushlardan biri polisiyachi nishoniga olingan, ammo terrorchi polisiyachini qo`liga tushmasdan avval bombani ishga tushirgan.
  • Portlashlar uchun javobgarlikni “Islom davlati” terrorchilik guruhi bo`yniga oldi.

Halok bo`lgan va yaralanganlar haqida nimalar ma`lum

  • Terakt qurbonlari haqida ma`lumotlar aniqlanmoqda. So`nggi ma`lumotga ko`ra, gap 50 nafar qurbon va 147 nafar yarador haqida bormoqda. Jabrlanganlar kasalxonalarga 50 dan ortiq tez yordam mashinalarida etkazildi.
  • Reuters xabariga ko`ra, qurbonlar orasida chet el fuqarolari bor.
  • Hozircha jabrlanganlar orasida o`zbekistonliklarning bo`lganligi noma`lum

Ayni damda aeroportda

  • Portlashdan so`ng polisiya aeroport binosini qurshab olindi. Favqulodda hodisa hudud samosida polisiya vertoletlari nazorat o`rnatgan.
  • Aeroportdagilar evakuasiya qilingan.
  • Reyslarni jo`natish va qabul qilish to`xtatilgan. Xorijiy va mahalliy aviakompaniyalar ommaviy ravishda Istanbulga reys yuborishni bekor qildi.

Turkiya Bosh vaziri Binali Yildirimning ma`lumotlariga ko`ra, terakt 36 kishining hayotiga nuqta qo`ygan.

“Seshanba kuni soat chamasi 21:22 da Otaturk aeroportida portlash sodir bo`ldi. Yaradorlar kasalxonaga etkazilgan", — deydi Yildirim.

“Portlashda jabrlanganlar asosan Turkiya fuqarolari, ammo yaralanganlar orasida chet elliklar bo`lganligi ehtimoli ham bor”, — deydi bosh vazir.

Boshqa yangiliklar